Tenderchilar va yetkazib beruvchilar uchun B2B katalog

Tender uchun kerakli narxni bir necha soniyada toping

Ishlab chiqaruvchi, importchi, optomchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning yangi narxlari, QQS, minimal partiya va sertifikatlari bir joyda.

0tasdiqlangan yetkazib beruvchi
0tovar va xizmat
0shu oydagi narx so‘rovi
✓ Kompaniyalar STIR bo‘yicha tekshiriladi✓ Telefon SMS bilan tasdiqlanadi ✓ Har narx yangilangan sanasi bilan✓ Raqam ishlamasa — pul qaytadi

Narx yig‘ish endi kunlab emas, daqiqalarda

OLDIN
  • Telegram guruhlarda “kimda bor?” deb so‘rash
  • Har yetkazib beruvchiga alohida qo‘ng‘iroq
  • Narx QQS bilanmi yoki QQSsizmi — noma’lum
  • Eski narx bilan taklif berib, zarar ko‘rish
ENDI
  • Bitta qidiruvda bir nechta narx yonma-yon
  • Lot ro‘yxatini bir marta yuborib, hammasidan taklif olish
  • Miqdorga qarab narx avtomatik hisoblanadi
  • Eskirgan narxlar alohida belgilangan

Kategoriyalar

Katalog →

Tovarlar va xizmatlar — davlat xaridlarida eng ko‘p so‘raladigan yo‘nalishlar

Tenderchiga kerak bo‘lgan hamma narsa

Ko‘p pozitsiyali narx so‘rovi

Lot ro‘yxatini (masalan, 30 xil tovar) bir marta yuborasiz. Har bir yetkazib beruvchiga faqat o‘ziga tegishli pozitsiyalar boradi. Takliflar pozitsiyalar bo‘yicha yonma-yon solishtiriladi, eng arzon narx belgilanadi.

Narx so‘rovi yuborish
AVTOMATIK

Miqdorga qarab narx

Yetkazib beruvchi “10 tagacha — X, 50 tagacha — Y” deb kiritadi. So‘rovingizdagi miqdorga mos narx darhol avtomatik keladi.

Chegirma so‘rash

Har bir taklif yoki mahsulot bo‘yicha o‘z narxingizni taklif qiling.

Tovar va xizmatlar

Ta’mirlash, tozalash, yuk tashish — xizmat ko‘rsatish hududi bilan.

Eskirgan narx belgisi

30 kundan eski narx belgilanadi va pastga tushadi.

Viloyat bo‘yicha qidirish

Ko‘p beriladigan savollar

Narxlarni ko‘rish pullikmi?

Yo‘q. Bepul ro‘yxatdan o‘tsangiz, narxlar ochiladi. Pul faqat kompaniya kontaktini ochganda olinadi.

Bitta kontakt qancha turadi?

15 000 so‘m. Bitta kompaniyaning kontakti bir marta to‘lanadi va kabinetingizda saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tganda 3 ta kontakt bepul.

Raqam ishlamasa nima bo‘ladi?

48 soat ichida shikoyat qiling. Tekshirilgach, to‘lov qaytariladi.

Bir nechta mahsulot narxini qanday so‘rayman?

“Narx so‘rovi” bo‘limida ro‘yxatni yozing yoki Excel’dan nusxa oling. Har bir yetkazib beruvchiga faqat unga tegishli pozitsiyalar boradi.

Kompaniyalar qanday tekshiriladi?

STIR, SMS orqali telefon va guvohnoma tekshiriladi. Shundan keyin “Tasdiqlangan” belgisi beriladi.

Keyingi tenderingiz uchun narxlarni bugun yig‘ing